BRITTLAR
BRITTLAR — kelt qabilalaridan biri. Miloddan avvalgi 8 — milodiy 5-asrlarda Britaniyaning asosiy aholisi. Brittlar anglosakslar tomonidan bo’ysundirilib (5-6-asrlar), bir qismi qirib tashlangan, bir qismi Uels, Shotlandiya va Galliyadagi Armorika yarim oroliga ko’chirilgan va bu yer Bretan deb atala boshlangan. Britaniyada qolgan qismi ingliz millatining shakllanishida muhim rol o’ynagan. «Britaniya» atamasi Brittlardan olingan.
O‘xshash so‘zlar
- BRIZ
- BRIZANT SNARYAD
- BRNO
- BRODSKIY ABRAM LVOVICH
- BRODSKIY IOSIF ALEKSANDROVICH
- BROKENXILL ODAMI
- BROKER
- BROKGAUZ VA EFRON ENTSIKLOPEDIK LUG’ATI

