BUG’LATKICH

BUG’LATKICH — suyuqliklar (suv, sovitish agenti va boshqalar) ning bug’lanish jarayoni amalga oshadigan issiqdik almashgich. Bug’latkich, masalan, issiqlik elektr stansiyalarida sarflanadigan kondensat o’rnini to’ldiruvchi distillat olishda ishlatiladi. Tuzilishiga qarab, gorizontal bug’quvurli (qizdiradigan bug’quvur atrofidan oqib o’tadi) va ancha takomillashgan vertikal suv quvurli (suv quvur ichidan oqib o’tadi) xillarga bo’linadi. Bug’latkich 1, 2 va ko’p bosqichli bo’ladi.