Buyuk geografik kashfiyotlar

Buyuk geografik kashfiyotlar-yevropalik sayohatchilar tomonidan XV asr o’rtalari-XVII asr o’rtalarida amalga oshirilgan yangi yerlarni kashf etish jarayoni. Eng yiriklari: 1492 yili X.Kolumb tomonidan Amerika qit’asining ochilishi; 1497-1499 yillarda Vasko da Gama tomonidan Hindistonga boradigan dengiz yo’lining ochilishi; 1519-1522 yillarda F.Magellan tomonidan amalga oshirilgan dunyo bo’ylab sayohat. Yangi savdo yo’llari va mamlakatlarning ochilishi, ochilgan yerlarni egallash va talash, dastlabki kapital jamg’arish va jahon savdosining yuzaga kelishi, mustamlakalashtirish kabi holatlarga asos bo’lgan.