ANORGANIK BIRIKMALAR NOMENKLATURASI

ANORGANIK BIRIKMALAR NOMENKLATURASI — kimyoviy elementlar va ularning birikmalariga nom berish tizimi. Nomenklatura modda tarkibini yozma ravishda va og’zaki nutqda aniq ifodalashi lozim. Anorganik birikmalarning ko’p va turli-tumanligi ularni nomlashda … Read More

ANOR

ANOR (Punica granatum L.) —anordoshlar (anorgullilar oilasi) ga mansub, subtropik meva o’simligi; bo’yi 2-10 metr daraxt yoki buta. Vatani O’rta Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Afg’oniston; yovvoyi turlari O’rta dengiz atrofi, … Read More

ANONS

ANONS (Fransuzcha annonce — ommaviy axborot, e’lon) — spektakl haqida oldindan beriladigan e’lon. 17-18- asrlarda ko’proq frantsuz teatriga xos bo’lib, spektakl (yoki alohida pardalar) boshlanishidan oldin sahnadan turib ko’rsatiladigan tomosha, … Read More

ANONIM

ANONIM (Yunoncha anonymos — Nomsiz) — 1) muallifi noma’lum xat, asar va shu kabilar; 2) xati yoki asarida o’z nomini yashirgan muallif. «Abushqa» lug’atining muallifi Anonimdir.

ANOMOZAMIT

ANOMOZAMIT (Anomozamites) — bennettitlar oilasiga mansub qadimiy o’simliklar turkumi. Hozirgi vaqtda faqat barg qoldiqlari (qazilma holda) uchraydi. Barglari yirik va patsimon, yaprog’ining o’rta qismi segmentlarga bo’lingan. Hozirgacha Anomozamitning 20 dan … Read More

ANOMALIYA

ANOMALIYA (Yunoncha anomalia) —me’yor (norma)dan chetga chiqish (og’ish); umumiy qonuniyatga zid holat: 1) biologiya va tibbiyotda — biror a’zo yoki butun organism tuzilishi va funktsiyasining odatdagidan ko’ra boshqacharoq bo’lishi, normadan … Read More

ANOMAL METABOLITLAR

ANOMAL METABOLITLAR – noqulay omillar (ionlashtiruvchi nurlar, past yoki yuqori temperatura, suvsizlik) ta’sirida tirik organizm hujayralarida moddalar almashinuvining buzilishi natijasida yig’ilib qoladigan yarim oksidlangan moddalar (peroksid, epoksid, oksifenol, oksixinon, gistamin, … Read More

ANOMAL DISPERSIYA

ANOMAL DISPERSIYA – yorug’lik to’lqinlarining chastotasi ortganda moddaning sindirish ko’rsatkichi kamayishi bilan ifodalanadigan yorug’lik dispersiyasi. Anomal dispersiya yorug’lik eng ko’p yutiladigan spektr sohalarida kuzatiladi.

ANOMAL AYLANISH DAVRI

ANOMAL AYLANISH DAVRI -yoritqich orbitasining Markaziy jismga eng yaqin nuqtasi (masalan, perigey, perigeliy) da ketma-ket ikki marta bo’lishi orasida o’tgan vaqt. Masalan, anomal oy (yil) — Oy (Yer) ning, perigey … Read More

ANOLIT

ANOLIT — elektrolizom katodsai g’ovakli diafragma (to’siq) bilan ajratilgan va anod atrofida joylashgan elektrolit. Masalan, xomaki nikelni elektrolitik usulida aralashmalardan tozalashda toza nikelning katodga o’tirishini ta’minlash uchun anod muhiti katod … Read More