AGROMETEOROLOGIYA STANTSIYASI

AGROMETEOROLOGIYA STANTSIYASI — qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga Gidrometeorologiya xizmati ko’rsatadigan ixtisoslashgan bo’linma. Agrometeorologiya stansiyasining asosiy vazifasi standartli, rejimli, meteorologik va agrometeorologik kuzatishlar; maxsus tematik kuzatishlar; qishloq xo’jalik tashkilotlariga tezkor xizmat … Read More

AGROMETEOROLOGIYA POSTI

AGROMETEOROLOGIYA POSTI – kundalik meteorologik va agrometeorologik kuzatishlar olib boradigan hamda kuzatish natijalariga birlamchi ishlov beradigan muassasa. Agrometeorologiya postlarda kuzatish ishlari maxsus jihozlangan meteomaydonchalarda (5×6 metr), bevosita ekinzorlarda yagona uslub … Read More

AGROMETEOROLOGIYA

AGROMETEOROLOGIYA – qishloq xo’jaligi uchun ahamiyatga ega bo’lgan meteorologik, iqlim va gidrologik sharoitlarni qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi ob’yektlari va jarayonlari bilan o’zaro aloqadorlikda o’rganadigan fan.

AGROMETEOROLOGIK XIZMAT KO’RSATISH

AGROMETEOROLOGIK XIZMAT KO’RSATISH — qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining barcha bo’g’inlarini turli gidro va agrometeorologik axborotlar bilan tezkor ta’minlash. Agrometeorologik xizmat ko’rsatish majmuiga oldindan turli muddat uchun beriladigan ob-havo (bir oylik, … Read More

AGROMETEOROLOGIK OMILLAR

AGROMETEOROLOGIK OMILLAR – o’simlikning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadigan va uning hosildorligini baholashga imkon beradigan omillar (o’rtacha sutkalik havo harorati, havoning namlik miqdori, shamolning tezligi, quyosh radiasiyasi, tuproq harorati, qorasovuq va hokazo). … Read More

AGROMETEOROLOGIK MONITORING

AGROMETEOROLOGIK MONITORING — iqlimning antropogen omillar ta’sirida o’zgarishiga qarab agroiqlimiy resurslarni va ekinlarning hosildorligi o’zgarishlarini baholash tizimi. Iqlimning o’zgarishi hududlarda ahrli zichligining oshishi, hududlarni sug’orish, mintaqalarning cho’lga aylanishi, transport, kimyo … Read More

AGROMETEOROLOGIK YILNOMA

AGROMETEOROLOGIK YILNOMA — muayyan hududdagi agrometeorologik stansiya va postlarning kuzatish natijalari jamlangan yillik ma’lumotlar to’plami. Ko’pgina mamlakatlarda Gidrometeorologiya boshqarmalari tomonidan nashr qilinadi. Agrometeorologik yilnomada tuproq haydalma qatlamining bahor va qish … Read More

AGROMETEOROLOGIK BYULLETEN

AGROMETEOROLOGIK BYULLETEN — agrometeorologik sharoitlar taxlil qilingan axborotning asosiy shakli. Har o’n kunlikda Gidrometeorologiya markazi tomonidan nashr qilinadi. Agrometeorologik byulleten quyidagi bo’limlardan iborat: 1) o’n kunlikning gidrometeorologik xususiyatlari (havo va … Read More

AGROKIMYOVIY XARITAGRAMMA

AGROKIMYOVIY XARITAGRAMMA — tuproqning o’simliklar oziqlanadigan elementlar bilan ta’minlanganlik darajasini ifodalovchi xarita-sxema. Agrokimyoviy xaritagramma tuzishda tuproqlar tarkibidagi o’simliklar o’zlashtira oladigan shakldagi fosfor va kaliy, mikroelementlar va boshqa miqdoriga ko’ra 5 … Read More

AGROKIMYOVIY TAHLIL

AGROKIMYOVIY TAHLIL – laboratoriya sharoitida o’simlik, yem-xashak, tuproq, o’g’it, pestisid va boshqalarning kimyoviy tarkibini aniqlash. Agrokimyoviy tahlil agrofizik, mikrobiologik tadqiqotlar bilan birga tuproq unumdorligini oshirishga bog’liq bo’lgan masalalarni hal qilishga … Read More