AUTSAYDER
AUTSAYDER (inglizcha outsider — chet, begona) — qoloq, oxirgi. Musobaqada oxirgi o’rinlardan birini egallab kelayotgan sportchi yoki jamoa.
AUTSAYDER (inglizcha outsider — chet, begona) — qoloq, oxirgi. Musobaqada oxirgi o’rinlardan birini egallab kelayotgan sportchi yoki jamoa.
AUTRAYT (inglizcha outright) — oddiy muddatli valyuta bitimi. To’lovlarni tomonlar qat’iy belgilagan muddatlarda «forvard» kursi (narxlar o’zgarishini hisobga olgan holda) bo’yicha to’lashni nazarda tutadi.
AUTOINFEKTSIYA (Auto… va infektsiya) — organizmdagi mavjud mikroorganizmlar ta’sirida kasallik paydo bo’lishi. Odam organizmida oddiy sharoitda kasallik qo’zg’atmaydigan va shartli patogen mikroblar deb ataladigan turli mikroorganizmlar uchraydi. Qulay sharoitda (organizmning … Read More
AUTOINTOKSIKATSIYA (Auto…, lotincha — ichga va Yunoncha toxicon — zahar) — normal hayot faoliyatida, shuningdek organizmning o’zida ishlab chiqariladigan zaharli moddalar bilan o’z-o’zini zaharlashi. Autointoksikatsiyaga asosan moddalar almashinuvi jarayonida yoki … Read More
AUTOINVAZIYA (Auto… va lotincha invasio — hujum) — odam yoki hayvonlardagi gijja kasalligining o’ziga qayta yuqishi. Masalan, bolalarning hojatdan keyin barmoqlarini yuvmasdan og’ziga solishi natijasida gijja tuxumlari me’da-ichak yo’liga kirib, … Read More
AUTOGEN MASHQ (Yunoncha autogenes — o’zi bajaradigan), autotrening — ichki a’zolar funktsiyasi, harakat faoliyati buzilganda o’z-o’zini ishontirish va o’zo’zini boshqarish orqali shu holatdan forig’bo’lishga olib keladigan psixoterapiya (ruhiy davolash) usuli. … Read More
AUTOGEMOTERAPIYA – bemorning venasidan olingan qonni muskul orasiga yoki teri ostiga yuborib, organizmning muhofaza quvvatini oshirish va almashinuv jarayonlarini yaxshilash; ayrim kasalliklarni davolash usuli; yiringli yallig’lanish (furunkulyoz va hokazolar) kasalliklarida … Read More
AUTOANTIGENLAR – organizm o’z hujayra va to’qimalarining shu organizmga qisman yot bo’lib qolgan tarkibiy qismlari; zarar etkazadigan har xil omillar va infektsion agentlar, shuningdek immunologic tolerantlikning izdan chiqishi sabab bo’ladi.
AUTOALLERGIYA — organizm reaktivligining o’zgargan holati. Bunda organizm o’zining to’qima komponentlari tarkibiy qismlaridan birortasiga ortiqcha sezuvchanlik bilan javob beradi. Autoallergiyada sezuvchanligi ortgan limfositlar va autoantitelolar o’z autoantigenlari bilan qayta reaktsiyaga … Read More