GAZ-DIZEL

GAZ-DIZEL, gaz-suyuqlikli dvigatel — dizelsimon gaz dvigateli. Unda gaz-havo aralashmasi dvigatel tsilindrida yuz beradigan siqish jarayoni oxirida tsilindrga purkaladigan ozgina suyuq yonilg’idan alangalanadi. Gaz-dizel asosan gaz haydash qurilmalarida qo’llaniladi.

GAZ QUVURLI QOZON

GAZ QUVURLI QOZON – qizish sirti quvur (truba)lardan iborat bo’lgan bug’qozoni. Quvurlar ichidan yonuvchi gazlar o’tib, ularni qizdiradi, natijada quvurlarni qamrab turgan suv qaynaydi. O’t quvurli, tutun quvurli va ikkovi … Read More

GAZ KONDENSATORI

GAZ KONDENSATORI – gazsimon dielektrikli kondensator. Gaz kondensatori jumlasiga gaz yoki havo to’ldirilgan va vakuumli kondensatorlar kiradi. Elektr zanjirlari, asboblari va qurilmalarida qo’llaniladi.

GAZ DOIMIYSI

GAZ DOIMIYSI — ideal gazning holat tenglamasidagi universal fizik kattalik. R bilan belgilanadi. Xalqaro birliklar tizimida L=8,314 J/ (K-mol)= 1,987 kal/(kmol). Gaz doimiysining fizik ma’nosi: 1 mol ideal gazni izobarik … Read More

GAGIK I

GAGIK I (?-1020) — ani podsholigi shohi (990-1020). Arman yerlarini birlashtirgan. Mamlakatning markazlashtirish siyosatini o’tkazgan; uning davrida poytaxt ani shahar yirik savdohunarmandchilik va madaniy markazga aylangan.

GAVANA UNIVERSITETI

GAVANA UNIVERSITETI – Kubadagi eng yirik oliy o’quv yurti. 1728 yil tashkil etilgan. Bir necha marta yopilgan. 1960 yilda qayta tashkil etilgan. Ijtimoiy fanlar, tabiiy fanlar, texnologiya, tibbiyot, iqtisod, qishloq … Read More

GAVAYILIKLAR

GAVAYILIKLAR – xalq, Gavayi orollari (AQSh)ning tub aholisi. 170 ming kishi (1992). Gavayi tilida so’zlashadi. Dindorlari — protestantlar va katoliklar. Antropologik jihatdan Polineziya irqiga kiradi. Gavayiliklarning ajdodlari qadimgi davrlarda Janubiy- … Read More

GABRLAR

GABRLAR (forscha) — 1) asosan o’rta asrlarda nomusulmonlarning musulmonlar orasidagi nomi. 2) Eronda zardushtiylikka e’tiqod qiluvchilar. Arab istilolaridan so’ng Hindistonga ko’chib ketgan Gabrlarning hozirgacha yashayotgan avlodlari u yerda forslar deb … Read More

GABORONE

GABORONE — Botsvananing poytaxti. Mamlakatning Janubi-sharqida, Mozambik va jarning port shaharlariga boradigan temir yo’l yonida. Aholisi 134 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Gaborone mamlakatning savdo shahri. Aholisining ko’p qismi qishloq xo’jaligi … Read More