Mezoadenit (mezenteriit) nima degani
Mezoadenit (mezenteriit) nima degani – ichak tutqichlar (charvi) limfatik bezlarining yallig’lanishi; bolalik va yoshlik davrida uchraydi. Bunga ko’pincha sil kasalligi sabab bo’ladi.

Mezoadenit (mezenteriit) nima degani – ichak tutqichlar (charvi) limfatik bezlarining yallig’lanishi; bolalik va yoshlik davrida uchraydi. Bunga ko’pincha sil kasalligi sabab bo’ladi.
Mezotimpanit nima degani – o’rta quloqning surunkali yiringli yallig’lanishi, bunda quloqdan yiring oqadi. Nog’ora parda teshiladi. Granulyatsion to’qimalar o’sib, poliplar paydo bo’lishi mumkin.
Menstrualniy tsikl, hayz ko’rish sikli (davri) nima degani – ayollar haz ko’rishining birinchi kunidan keyingi hayzning birinchi kunigacha bo’lgan davrda organizmda umumiy o’zgarishlar bilan birga jinsiy tizimda birin-ketin rivojlanadigan o’zgarishlar … Read More
Meningoradikulit nima degani – orqa miya pardasi va nervlarning umurtqa oralig’idan chiqish yoki kirish joyidan yallig’lanishi. Bunga zaxm, sil, so’zak va boshqa yuqumli kasalliklar sabab bo’ladi.
Menstruatsiya, hayz nima degani – qiz rasta bo’lgach va ayollar jinsiy yetilgan davrda bachadonidan muntazam ravishda (har 21-30 kunda) qonli chiqindilar kelib turishi.
Mertsatelnaya aritmiya, titroq aritmiya nima degani – yurak bo’lmachalari ishi buzilishidan kelib chiqadigan yurak qisqarish ritmi buzilishining bir turi.
Metakarpus nima degani – qo’l panjasining qismi bo’lib, beshta suyakdan iborat. Asoslari bilan bilak osti suyaklariga, boshchalari bilan esa barmoqlarning birinchi falangalariga ulanadi. Bilak osti suyaklari (zapastye) – 8 dona … Read More
Metabolizm nima degani – moddalar almashinuvi; tirik organizmda ro’y beradigan assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlaridan tashkil topgan kimyoviy o’zgarishlar majmuasi.
Metastaz nima degani – surilish, o’tish; 1) kasallik qo’zg’atuvchining o’sma hujayralarining boshlang’ich o’choqdan organizmning boshqa joyiga qon yoki limfa bilan o’tishi; 2) bu o’tish natijasida hosil bo’lgan ikkilamchi kasallik o’chog’i.
Metaplaziya nima degani – to’qima xilining (epitelial, biriktiruvchi) turg’un o’zgarishi ba’zan har xil ta’sirlovchilar ta’sirida to’qimaning funksional va morfologik sifatlari o’zgarib turishi uning turga mansubligining o’zgarishiga olib keladi.