Zindon
Zindon (forscha)-qator Sharq mamlakatlarida bandilar, mahbuslar va javobgarlarni saqlash uchun mo’ljallangan yer ostidagi zax va qorong’i qamoqxona. Zindonning zindonbon, mirzo va yasovullardan iborat ma’muriyati bo’lgan.
Zindon (forscha)-qator Sharq mamlakatlarida bandilar, mahbuslar va javobgarlarni saqlash uchun mo’ljallangan yer ostidagi zax va qorong’i qamoqxona. Zindonning zindonbon, mirzo va yasovullardan iborat ma’muriyati bo’lgan.
Zikr (arabcha-eslash, yodga olish)-tasavvufda xudoni yodga olish bilan bog’liq “samo” marosimi va shu marosimda ijro etiladigan musiqiy-she’riy turkum. Musulmonlar orasida X-XI asrlarda shakllangan.
Zijlar (forscha-bo’yra)-qadimgi astronomik jadvallar. O’rta asrlarda barcha astronomik rasadxonalar o’z oldiga Quyosh, Oy va oddiy ko’z bilan ko’rinadigan sayyoralarning yulduzlar orasidagi harakatlarini kuzatish, kuzatish ma’lumotlari asosida astronomik doimiylarning qiymatlarini hisoblab … Read More
Ziyod ziro’i (arabcha az-zira al-Ziyadiya)-qadimgi uzunlik o’lchov birligi. Musulmon mamlakatlarining ko’pchiligida qo’llanilgan. Qiymati 66,5 santimetrga teng bo’lgan.
Zemshchina (ruscha)-Rus davlatining Ivan IV oprichninasi tarkibiga kirmagan hududlarining asosiy qismi. Markazi-Moskva. Boyarlar dumasi va prikazlar tomonidan boshqarilgan. O’z qo’shiniga ega bo’lgan.
Zemstvo soborlari (ruscha)-Rossiyada XVI asr o’rtalari-XVII asr oxirlarida oliy toifaviy-vakillik muassasalari. Muqaddas sobor (arxiyepiskoplar, yepiskoplar va mitrolit boshchiligidagi boshqa ruhoniylar, 1859 yildan patriarx ham), boyarlar dumasi, “hukmdor saroyi” vakillari, provintsiya … Read More
Zefir-qadimgi yunonlarning g’arbiy xudosi, Astreya va Eosning o’g’li, Boreya, Evra va Notaning inisi.
Zertsalo (ruscha)-Rusda XVI-XVII asrlarda temir taxtachalardan ishlangan himoya aslahasi (sovut).