CHAGAYEV RUSLAN SHAMILEVICH

CHAGAYEV RUSLAN SHAMILEVICH (1978.19.10, Andijon) — bokschi, «O’zbekiston iftixori» (1998), O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sportchi (2000). Andijon respublika Olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtida tahsil olgan (1991 — 1997), Andijon universitetini tugatgan (2002). 91 kilogramm vazn toifasida O’zbekiston (1996, 1999, 2000, 2001), Markaziy Osiyo o’yinlari (1995, Toshkent; 1997, Olmaota), Osiyo (1995, 1999, Toshkent), Osiyo o’yinlari (1998, Bangkok), jahon (1997, Budapesht) chempioni. U 91 kilogrammdan ziyod vaznda ham jahon chempioni bo’lgan (2001, Belfast). 2001 yildan professional bokschi. Gamburg (GFR)ning «Universum boks promoshn» klubi bilan shartnoma imzolab, reyting uchrashuvlarini o’tkazib keladi (2004). «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (2001).