CHAGOS ARXIPELAGI

CHAGOS ARXIPELAGI – Hind okeanidagi orollar, Buyuk Britaniya mulki. Maydoni 200 kilometr kvadrat. Chagos arxipelagini Maldiv suv osti tizmasining marjon riflari bilan o’ralgan cho’qqilaridan iborat 5 ta atollar guruhi tashkil etadi. Kokos palmazorlari bor. Baliq ovlanadi va eksport qilinadi. Diego-Garsiya oroli arxipelag tarkibida.