CHAVANDOZLAR

CHAVANDOZLAR — 1) bir qator antik davlatlar (qadimgi Afina, Rim va Fessaliya) da aslzodalar qatoridagi imtiyozli tabaqa. Ular aslzodalar kabi katta mulklarga ega bo’lgan. Chavandozlar tarkibiga katta yer egalari, harbiylar, sudxo’rlar, yirik savdogarlar va boshqalar kirgan; 2) Sosoniylar Eronidagi alohida ijtimoiy tabaqa bo’lib, G’arbiy Yevropadagi ritsarlikka yaqin turgan; 3) ot choptirish, uloq chopish, otda o’ynash san’atini egallagan odam.