DANITOL

DANITOL — qishloq xo’jalik ekinlari zararkunandalarga qarshi qo’llaniladigan insektisid-akarisid, sintetik piretroidlar guruhiga mansub. Danitol ekinlari asosiy zararkunandalardan himoya qilishda bir qator so’ruvchi qasharotlar (shira, tripe, oqqanot, qandala) va zararli kanalarga, soxta va chin qalqondorlarga hamda ko’sak qurtiga qarshi 1-2 litr/gektar me’yorida sarflanadi. Bog’larda ham Danitol biryo’la so’ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarga qirg’in keltiradi. Danitolning ta’sir etuvchi moddasi (fenpropatrin) ishlov berilgan g’o’za maydonlarida 25 kundan keyin parchalanib ketadi.