DAVLAT DEPARTAMENTI

DAVLAT DEPARTAMENTI — AQSHda tashqi ishlar vazirligi vazifalarini bajaruvchi tashqi siyosat mahkamasi (1789-yildan). Departamentlar ichida Davlat departamenti birinchi o’rinda turadi. Uni davlat kotibi boshqaradi. U prezident, vitse-prezidentdan keyingi mansabdor shaxs hisoblanadi.