O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASI — O’zbekiston Respublikasining asosiy qonuni, oliy yuridik kuchga ega bo’lgan siyosiy-huquqiy hujjat. 1992-yil 8-dekabrda 12-chaqiriq O‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11- sessiyasida qabul qilingan. ―O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida‖gi Konstitutsiyaviy qonun (1991-yil 31-avgust) ushbu Konstitutsiya uchun asos bo’lib xizmat qilgan. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muqaddima, 6 bo’lim, 26 bob, 128 moddadan iborat. Muqaddimada Konstitutsiya qabul qilish sabablari va mamlakatimiz oldiga qo’yilgan vazifalar belgilangan. 1-bo’limda O’zbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatidagi asosiy konstitutsiyaviy prinsiplari ko’rsatilgan. 2-bo’lim ―Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari‖ deb atalgan. 3-bo’limi ―Jamiyat va shaxs‖ deb ataladi. Konstitutsiyaning 4-bo’limi O‗zbekiston Respublikasining ma‘muriyhududiy tuzilishiga bag’ishlangan. 5-bo’lim davlat hokimiyatining tashkil etilishi haqida bo’lib, unda hokimiyat vakolatlarini taqsimlash prinsipi o’z ifodasini topgan. Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish tartibi so’nggi 6-bo’limda berilgan. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun – 8-dekabr umumxalq bayrami – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni deb e’lon qilindi (O’zbekiston Respublikasi qonuni, 1992-yil 8-dekabr). 2001-yil 4-yanvarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganishni tashkil etish to’g’risida farmoyishi chiqdi. Farmoyish asosida barcha ta’lim turlarida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganish yo’lga qo’yilgan.