DAVLAT QIMMATLI QOG’OZLARI

DAVLAT QIMMATLI QOG’OZLARI – byudjet kamomadini qoplash maqsadlarida hukumat yoki mahalliy hokimiyat idoralari nomidan chiqarilgan va albatta hukumat tomonidan kafolatlangan qimmatli qog’ozlar. Amal qilish muddatlariga ko’ra turlari: qisqa muddatli obligasiyalar — xazina veksellari (bir haftadan 1 yilgacha), o’rta muddatli — notalar (1 yildan 5 yilgacha), uzoq muddatli — bonlar (5 yildan ortiq). Yana aholi jamg’armalarini jalb qilish maqsadlarida chiqariladigan jamg’arma bonlar, sertifikatlar singari Davlat qimmatli qog’ozlari ham mavjud. Davlat qimmatli qog’ozlari istalgan vaqtda to’lov uchun taqdim qilinishi mumkin, biroq muddati to’lmagan qimmatli qog’ozlar uchun tulov foizi past bo’ladi.