DEMOTSID

DEMOTSID (demos – xalq va cide – o’ldirish) — tarixda juda ko’p hukumatlar o’z xalqini u yoki bu aybi uchun yoppasiga yoki qisman qirib tashlash hodisalari ko’p bor sodir etilgan. 1900-yildan 1980-yilgacha taxminan 170 mln. kishi demotsid qurboni bo’lganlar. Demotsidning eng tarqalgan ko’rinishlari genotsid va polititsid (siyosiy muxoliflarni o’ldirish) hisoblanadi. XX asrda 8 ta eng yirik demotsid jinoyatlari mobaynida 110 mln kishi halok bo’lgan. Shulardan eng yirik demotsid jinoyatlari sifatida sobiq SSSRda Stalin qatag’onlari (1929-1953; 43 mln. kishi halok bo’lgan), Xitoyda Mao Szedun demotsid siyosati (1923-1976; 38 mln. kishi halok bo’lgan), Germaniyada Gitlerning Demotsid siyosati (1933-1945, 21 mln kishi halok bo’lgan)ni misol tariqasida sanab o’tish mumkin.