Devis kubogi nima?
Devis kubogi — bu, tennis bo’yicha turli mamlakatlarning terma jamoalari ishtirok etadigan har yilgi xalqaro turnir. Musobaqa g’olibi uning ixtiyorida bir yil davomida saqlanadigan ko’chma kubok sohibi bo’ladi. Devis kubogi ilk marotaba 1900 yilda o’ynalgan. Bugun u norasmiy jahon birinchiligi sanaluvchi eng nufuzli xalqaro turnirdir. Ishtirokchi-mamlakatlar bu musobaqaga 2-3 eng kuchli tennischilarini jo’natadi. Ular besh uchrashuv o’tkazishlari kerak: 4 tasi yakka holda va bittasi juftlikda (ikki o’yinchi ikkala raqibga qarshi). Kamida uch uchrashuvni yutgan jamoa g’olib bo’ladi. Aynan uning o’zi bir yil davomida sof kumushdan yasalgan kubokka egalik qiladi.
O‘xshash so‘zlar
- DEVISSON (DEYVISSON) (DAVISSON) KLINTON JOZEF
- Dinamit qay tariqa olingan edi?
- Diqqat! Buni bilarmidingiz?…
- Dirijyor orkestrga nima uchun kerak?
- Divertisment nima?
- Djaz nima?
- Djinsilarni kim va nega o’ylab topgan?
- Dollar belgisi — $ haqida beshta band





