DIPLOMATIK AGENT

Ma’nosi

DIPLOMATIK AGENT — davlatlar vakolatxonalarining boshlig’i, elchisi, elchixona va diplomatik missiya xizmatchisi. 1815-yildagi Vena konvensiyasiga binoan faqat vakolatxona boshliqlarigina Diplomatik agent hisoblanardi. Diplomatiyaning rivojlanishi bu tushunchani kengaytirdi. Keyingi vaqtlarda elchixona va missiya xizmatchilari, hamma darajadagi elchilar, vakolatxonaning diplomatik xizmatchilari, xalqaro tashkilotlarga va konferensiyalarga yuborilgan rasmiy vakillar, shuningdek, bir mamlakatning ikkinchi mamlakatga yuboradigan delegatsiya boshliqlari va a‘zolari ham Diplomatik agent sanaladigan bo’ldi.

O‘xshash so‘zlar

D harfiga oid fuqarolik jamiyatiga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar