Dipter

Dipter (yunoncha dipteros-ayni ma’nosi qo’sh qanotli)-Yunonistondagi ibodatxonaning bir turi. Atrofi ikki qator ustunli ayvon bilan o’ralgan to’g’ri burchakli katta xona (masalan, Efesdagi Artemida ibodatxonasi, miloddan avvalgi VI asr). Atama miloddan avvalgi I asrda yashagan rimlik me’mor, injener Mark Vutruviy Pollion tomonidan kiritilgan.