Dirxam, dirham

Dirxam, dirham (yunoncha drochme)-1) VII asr oxiri (695) dan XIV asrgacha Osiyoning musulmon mamlakatlarida, Shimoliy Afrika va Ispaniyada muomalada bo’lgan pul birligi-kumush tanga. XIV asr oxiridan kumush pul “tanga” nomi bilan atala boshlandi. Dirxam Hindistonda boburiylar davrida XVI asrda ham zarb qilingan; 2) dirham shariatda ham o’z ma’nosiga ega bo’lib, najosat o’lchovida alohida (4,8 gramm), zakot belgilashda alohida (3,365 gramm) og’irlik ma’nosini ifodalaydi.