DISPETCHERLIK ALOQASI

DISPETCHERLIK ALOQASI – xalq xo’jaligi tarmoqlarida ishlab chiqarish jarayonlarini bir markazdan boshqarish uchun qo’llaniladigan simli yoki Simeiz (radio) aloqa. Disperchilik aloqasi bir punkt bilan boshqa punktlar (masalan, dispetcherlik punkti bilan ishchilar, turli tsexlar yoki bo’linmalar) orasida aloqa telefon, telegraf, televideniye, pochta uzeli, radiotelefon qurilmalari vositasida amalga oshiriladi. Eng keng tarqalgan Disperchilik aloqasi vositalari: dispetcherlik telefon aloqasi; qidiruv va chaqiruv xabarini yetkazish vositalari; ishlab chiqarish signalizatsiyasi. Dispetcherlik kommutatori bir vaqtning o’zida 20-60 va undan ko’p abonentlar bilan aloqa bog’lab, ular bilan gaplashish imkoniyatiga ega. Ish joylari bilan tezkor boglanish uchun maxsus chaqiruv xabarini yetkazish moslamalari qo’llaniladi. Ishlab chiqarish jarayonlari to’g’risida axborot beruvchi moslamalarning turi nihoyatda ko’p bo’lib, ular orqali kichik ishlardan tortib eng katta jarayonlargacha bo’lgan holatdan dispetcher xabardor bo’lib turadi.