Dissenterlar

Dissenterlar (inglizcha dissenters, lotincha dissention-rozi bo’lmayman so’zidan)-Angliyada XVI-XVII asrlarda rasmiy diniy e’tiqod (anglikan cherkovi aqidalari)dan chekinganlar nomi. Atamaning kelib chiqishi reformatsiyaning yoyilishi bilan bog’liq va XVI asrdan davlat cherkovi tomonidan ta’qib ostiga olingan shaxslarni anglatgan. Turli davrlarda turli e’tiqod egalari shunday atalgan. Ko’proq puritanlarga nisbatan qo’llanilgan. Qirolicha Yelizaveta I davrida anglikan cherkovining barcha muxoliflariga Dissenterlar nomi berilgan.