Dissidentlar
Dissidentlar (yunoncha dissidents-qo’shilmaganlar, qarshilar)-1) davlat dini katolitsizm yoki protestantizm bo’lgan davlatlarda hukmron dinga e’tiqod qilmaydigan xristianlar; 2) 1950-1980 yillar o’rtalarida ko’pchilik sotsialistik mamlakatlarda mustabid tuzumga qarshi harakat qatnashchilarining nomi. Inson va fuqaro huquq hamda erkinliklariga rioya qilinishi uchun o’zgacha fikrlovchilar ta’qib etilishiga qarshi turli shakllarda chiqishlar qilishdi, sovet qo’shinlarining Chexoslovakiyaga (1968) va Afg’onistonga (1979) kiritilishiga qarshi norozilik bildirishdi. Dissidentlar ma’murlar tomonidan qatag’onlarga duchor etildi, ko’plari josuslik, davlatga xiyonat qilish kabi soxta ayblar bilan ayblanib jazoga tortildi, majburlab ruhiy kasalliklar shifoxonalariga yotqizildi (“jazolash psixiatsiyasi”), mamlakatdan surgun qilindi yoki muhojirlikka ketishga majbur bo’ldi (V.I.Bukovskiy, P.G.Grigorenko, A.D.Saxarov, A.I.Soljenitsin va boshqalar).