Do’rmon

Do’rmon-o’zbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri. Do’rmonlar kichik-kichik guruh bo’lib, tarqoq holda Zarafshon, Surxondaryo, Toshkent vohalarida, qisman Xorazmda, Janubiy Tojikistonda hamda Afg’onistonda yashagan. Do’rmonlar O’rta Osiyo hududlariga XVI-XVII asrlarda Dashti Qipchoqdan kelib joylashganlar va keyinchalik Buxoro amirligining siyosiy hayotida faol qatnashganlar. Do’rmonlar tarkibida qo’yli, uvoq, uch urug’, ko’k chela, sakson, yo’g’on, gurdak, oy tamg’ali kabi bir qator urug’lar bo’lgan.