Duho’l

Duho’l-qadimiy do’l nog’ora. O’rta Osiyo hududlarida duho’ xaloyiqqa harbiy yurishlardan, ovga chiqishdan va jazolash vaqtidan xabar berish uchun chalingan. Shuningdek, darak berish uchun qorovul almashuvida, lashkar yig’ishda ham duho’l qo’llanilgan.