DOVUL
DOVUL, DO’L — gardishining ikki tomoniga teri qoplangan katta shakldagi urma cholg’u. Tovushi uchi yumaloq tayoqcha yordamida hosil qilinadi. Dovul o’tmishda asosan harbiy cholg’u hisoblangan. Hozirgi kunda amaliyotda deyarli qo’llanilmaydi. Tashqi ko’rinishi, tovush hosil etish yo’llari bilan Dovulga yaqin bo’lgan cholg’ular qozoqlarda — dabil, gruzinlarda — Doli, armanlarda — dool, hindlar, eronliklar, afg’onlarla — duhul nomlari bilan yuritiladi.
O‘xshash so‘zlar
- Dovul
- Dovul
- DOYAXOTIN GAZ-KONDENSAT KONI
- DOYAXOTIN KARVONSAROYI
- DOYCHE BANK
- DOYCHE PRESSEAGENTUR
- DOYL (DOYLE) ARTUR KONAN
- DOYNA


