EKIBASTUZ
EKIBASTUZ — Qozog’iston Respublikasi Pavlodar viloyatidagi shahar. Temir yo’l stantsiyasi. Pavlodardan 132 kilometr Janubi g’arbda. Aholisi 120,6 ming kishi (2002). Ko’mir qazib olinadi. Temirbeton buyumlari, ta’mirlash-mexanika, kontransport jihozlarini ta’mirlash, sut, pivo zavodlari, go’sht kombinati ishlab turibdi. Ekibastuz yonida issiqlik elektr stansiyasi bor.
O‘xshash so‘zlar
- EKIN MAYDONI
- EKINLARNI EKISH
- EKINZORLAR FOTOSINTETIK POTENTSIALI
- EKIPAJ
- EKKLESIYA
- EKLAMPTSIYA
- EKLEKTIZM
- EKLIMETR


