Fazokor kim?

Kosmik kemalarni boshqaruvchi uchuvchilar va uning bortida turib tadqiqot ishlarini olib boruvchi ekipaj a’zolarini fazokorlar — kosmonavtlar va astronavtlar (Adsh) deyishadi. 1961 yilda rus zobiti Yuriy Gagarin yer atrofida kosmik parvoz tsilib, ona zaminga qo’ngan birinchi fazokordir. 1969 yilning 20 iyulida Neyl Armstrong (AQSh) oyga qadami yetgan odamzotning birinchi vakilidir. U xuddi shu parvozdan keyin: «bu bir odamning atiga kichik qadamlari, xolos. Ammo butun insoniyat uchun buyuk sakrashdir», — degan edi. Odatda kosmik kemalar, hatto ekipaji (uchuvchilari) bilan avtomatik boshqarish asosida uchadi, ya’ni uchishni boshqarish markazidan yuboriladigan farmoyish signallar vositasida boshqariladi. Biroq, ayniqsa orbital stantsiyalarni tutashtirish paytlarida fazokorlarning o’zi kemani boshqarishiga to’g’ri keladi. Fazokorlikka da’vogarlarning barchasi uzoq va murakkab tayyorgarlikdan o’tadi, jismoniy tayyorgarlik shular orasida eng muhimidir. Axir raketa ko’kka ko’tarilganida inson juda og’ir sinovlarga duch keladiki, unga bunday vaziyatda maxsus himoyalovchi kostyumlar ham yordam bera olmasligi mumkin.