Sun’iy yo’ldosh nima?

Sun’iy yo’ldosh — bu, inson tomonidan yaratilib, raketalar yordamida yer atrofiga va boshqa sayyoralarga uchirilgan kosmik kemalardir. Odatda sun’iy yo’ldoshlar radioapparatlar bilan jihozlangan bo’lib, ular orqali yerga har xil axborotlar, masalan, ob-havoga taalluqli ma’lumotlar beriladi. Birinchi sun’iy yo’ldoshni sovet olimlari yaratishgan va 1957 yil 4 oktyabrda fazoga chiqarilgan. Yerning ikkinchi sun’iy yo’ldoshi o’sha yilning 3 noyabr kuni uchirildi. 1958 yilning fevral oyida amerikaliklar o’zlarining birinchi sun’iy yo’ldoshlarin uchirdilar. Xuddi o’sha kunlardan boshlab kosmik davr boshlandi. Hozir yer orbitasi atrofida ko’pgina yo’ldoshlar parvoz qilib yuribdi. Ulardan bir xili teleradio aloqalari uchun ishlatilsa, boshqalari ilmiy tekshirish laboratoriyalari xizmatini qilmoqda.