FILISTIMLIKLAR

FILISTIMLIKLAR (qadimgi yahudiycha — pelishtim) — xalq, O’rta dengizning Jan.Sharqiy sohillarida miloddan avvalgi 12-asrdan yashagan «dengiz xalqlari»dan. Filistimliklarning yahudiylar bilan urushlari bir qancha qadimgi Sharq rivoyatlarida saqlangan. Miloddan avvalgi 8-asrdan Ossuriya tomonidan tobe ettirilgan. Filistimliklardan Falastin nomi kelib chiqqan.