Fizika kimyodan nimasi bilan farqlanadi?

Kimyo fani har xil moddalarning tarkibi va o’zaro ta’sirini o’rganadi. Fizika bu moddalardan tarkib topgan jismlarda yuz beradigan turli-tuman jarayonlarni tadqiq etadi. Masalan, qorning erishi natijasida suv hosil bo’ladi, suv esa isitilsa, bug’ga aylanadi. Bu fizikaviy jarayonlar kimyogarlar tomonidan tekshirilmaydi, chunki suv boshqa holatga o’tganida ham hech bir o’zgarish ro’y bermaydi, faqat uning agregat holati o’zgaradi. Kimyogarlar u yoki bu moddaning ichki tuzilishini o’rganibgina qolmay, bu moddalarni tarkib toptirgan elementlarning o’zaro ta’siriga ham qiziqadilar. Shu sababdan ham ular tabiatda yo’q ko’pgina yangi materiallarni yaratishga muvaffaq bo’ldilar. O’tmishda kimyoni sehrgarlikka o’xshash bir narsa deb hisoblashar edilar va xuddi shu sababga ko’ra u bilan shug’ullanishlar ta’qib etilar edi. Ehtimol, kimyoga buningdek munosabat ilk kimyogarlar ko’proq har qanday moddani oltinga aylantirishga yo’naltiruvchi «falsafiy mahak»ni izlashga umrlarini sarflashgani bilan bog’liqdir. Garchi bunday falsafiy mahak-asos topilmagan bo’lsa-da, lekin bu boradagi izlanishlar moddalarning xossalarini oydinlashtirish sohasida ko’psonli muhim kashfiyotlarni yuzaga keltirdi. Fransuz olimi Antuan Lavuazeni «kimyo fanining otasi» deyishadi. U tabiatdagi bironta ham element izsiz yo’qolib ketmasligini kashf etdi. Bordi-yu, u yoki bu modda kishi ko’z o’ngidan yo’qolib ketsa-da, kimyogarlar nuqtai nazarida ular bizning nigohimiz ilg’amaydigan boshqa tarkibiy bo’laklarga parchalanib ketgan bo’ladi. Masalan, daraxt o’tini yonsa, uning tarkibidagi uglerod uglenordon gazga aylanib tutunga qo’shilib uchib ketgan bo’ladi. Agar og’zi tiqinlangan probirkada tajriba o’tkazilsa, yonadigan butun ideal massa yonib bo’lgan yoqilg’ining massasiga mos kelishi aniq bo’ladi.