FRANTSISK I
FRANTSISK I (Francois I) (1494— 1547) — Frantsiya qiroli (1515 yildan). Valua sulolasidan. Frantsisk I ning siyosati Frantsiyani mutlaq monarxiyaga aylantirishga qaratilgan. 1494-1559 yillardagi Italiya urushlari davrida Marinyano jangida (1515) g’alaba qozongan; Pavia yonida asir olingan (1525); asirlikdan qaytib kelgach, 1527 yil harbiy harakatlarni qayta boshlagan.
O‘xshash so‘zlar
- FRANTSIY
- FRANTSIYA
- FRANTSIYA INSTITUTI
- FRANTSIYA AKADEMIYASI
- FRANTSIYA KAMPANIYASI
- FRANTSIYA-ROSSIYA URUSHI
- FRANTSIYA-ROSSIYA URUSHI
- FRANTSIYA-PRUSSIYA URUSHI


