Gadoliniy
Gadoliniy (Gadolinium), Gd -Mendeleev davriy sistemasi III guruhining lantanoidlar turkumiga mansub kimyoviy element; tartib rakami 64, atom molekulasi 157,25. Yettita barqaror izotopi ma’lum: Gd152, Gd154, Gd155, Gd1S6, Gd1″, Gd158 va Gd160, Gadoliniyning bir necha sun’iy radioaktiv izotopi olingan. Gadoliniy 1880 yilda Shveytsariya kimyogari J. Marinyak tomonidan kashf etilgan bo’lib, fin kimyogari Yu. Gadolin sharafiga quyilgan. Yer pustida og’irligi jihatidan 5,4-10″4% ni tashkil qiladi, gadolinit va boshqa minerallar tarkibida uchraydi. Gadoliniy zichligi 7,85 g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 1313°, ferromagnit xossasiga ega kulrang metall. Gadoliniy oddiy sharoitda (20°) havoda asta-sekin, 100° dan yuqorida tez oksidlanadi. Mineral kislotalar (ftorid kislotadan tashqari) bilan ta’sirlanadi. Ishqor eritmalari ta’siriga chidamli. Qizdirilganda vodorod, azot va galogenlar bilan birikadi. Gadoliniy o’z birikmalarida uch va-lentli. Gadoliniy (Sh)-oksid, Gd2O5 — oq kristall modda. a-va r-modifikasiyalari ma’lum. Zichligi 7,618 g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 2350°, suvda erimaydi. Gd2(C2O4)3, yoki Gd(NO3)3 ni odatda 800-1000°da parchalab olinadi. Gadoliniy(1P)-xlorid, GdCl3 — oq kristall modda. Zichligi, 4,541 g/sm3. Suyuqlanish temperaturasi 605°, suvda yaxshi eriydi. 200° dan yuqorida, Gd2(C2O4)3 ga xlor yoki SS14 ta’sir ettirib, Gadoliniyni xlorlab va boshqa usullarda olinadi. Gadoliniy (111)-ftorid, GdF, — oq kristall modda. Oddiy sharoitda ortorombik panjarali modifikasiyasi (zichligi 7,058 g/sm3) barkaror bo’lib, 1075° da zichligi 7,33 g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 1232° bo’lgan geksagonal panjarali modifikasiyaga o’tadi. Gadoliniy birikmalariga gaz holatidagi ng’yoki ularning suvdagi eritmalariga ftorid kislota ta’sir ettirib olinadi. Metall hodsagi Gadoliniy GdCl3 yoki GdF, ni kaltsiy bilan qaytarib olinadi. Gadoliniy temir, nikel, kobalt bilan birga magnit qotishmalari komponenti, yadro reaktorlarining sozlovchi uzagi (neytroilarni yutadi) sifatida ishlatiladi. Yevropiy yordamida faollashtirilgan Gd2O3 qizil rangda shu’lalanadigan lyuminofor, terbiy yordamida faollashtirilgan Gadoliniy oksisulfidi esa rentgenolyuminofordir.