Gel tili

Gel tili (Gael, shotland, yer tili deb ham ataladi) — Hind-Yevropa tillari oilasining kelt tillari guruhiga mansub. Shimoliy-G’arbiy Shotlandiya, Gebrid orollari va Kanadaning yangi Shotlandiya viloyatida tarqalgan. Gel tilida 100 mingga yaqin kishi so’zlashadi (1991). Gel tili irland tilinnng dialekti hisoblanadi, 11 — 13-asrlarda irland tilidan ajralib chiqqan. Fonetik xususiyatlariga ko’ra Gel tili 3 sheva (Sharqiy, Janubiy-g’arbiy va g’arbiy)ga ajraladi. Bu shevalar o’rtasida farq kam. Gel tilida skandinav tillaridan o’zlashgan so’zlar ko’p. Gel tilidagi yozuv yodgorliklar 16-asr boshlariga oid. Badiiy adabiyot, matbuot, radioeshittirishlar shu tilda olib boriladi, ta’lim sohasida qo’llaniladi. Yozuvi lotin alifbosi asosida.