Gurlan tumani

Gurlan tumani – Xorazm viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. Janubda viloyatning Shovot tumani, Janub-Sharqda Urganch, Yangibozor tumanlari va shimoli-Sharqda Qoraqalpog’iston Respublikasi, Janub- g’arbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 0,45 ming km2. Aholisi 111,9 ming kishi (2002). Gurlan tumanida 1 shaharcha (Gurlan), 11 qishloq fuqarolari yig’ini (Birlashgan, Vazir, Guliston, Dehqonobod, Do’simbiy, Olg’a, Saxtiyon, Xizireli, Sholikor, Eshimjiyron, O’zbekistan) bor. Markazi — Gurlan shaharchasi. Tabiati. Relefi bir oz past-baland tekislikdan iborat bo’lib, shimol-g’arbga qiyaroq. Iqlimi kontinental. Iyulning o’rtacha temperatura-4 si 26-28°, yanvarniki , -6°. Yillik o’rtacha yog’in 100 mm. Vegetatsiya davri 180-200 kun. Tumanning shimol va shimoli-sharqidan Amudaryo o’tadi. Tuman ekinzorlari Qilichboyarna, Qiyotqo’ng’irot, Daryoliq, Asyop, To’qsonarna, Nukusyop, Xizirliyop. Yangiyop, Olg’ayop, Savoyop kabi kanal va ariqlardan sug’oriladi. Tuprog’i allyuvial, o’tloqi-botqoq va sho’rxok tuproq. Tuman hududida kichikroq qumliklar xam bor. Yovvoyi o’simliklardan oqbosh, yantoq, sho’ra, pechak, qamish, yakan va boshqalar o’sadi. Yovvoyi hayvonlardan chiyabo’ri, bo’rsiq, quyon, qobon, ondatra, parran- dalardan tustovuq, o’rdaklar uchraydi. Aholisi, asosan o’zbeklar, shuningdek, rus, tatar, qozoq, koreys va boshqa millat vakillari ham bor. 1 km2 ga 249 kishi to’g’ri keladi (2002). Shaharliklar 24,0 ming, qishloq aholisi 87,9 ming kishi. Xo’jaligi. Gurlan tumani asosan qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan. Paxta tozalash zavodi, bosmaxona, xalq iste’moli mollari va poyabzal fabrikalari, mahalliy sanoat korxonasi, «Gurlan» to’qimachilik majmuasi mavjud. Kalava ip, gazlama, trikotaj gazlama va tayyor trikotaj kiyimlar ishlab chiqarilmoqda. Tumanda 350 xususiy va kichik korxona va 9 aktsiyadorlik jamiyati bor. Qishloq xo’jaligida sug’oriladigan yerlar 28,9 ming gektar, ekinzorlar 25,2 ming gektar, shundan 12,3 ming gektar paxta 1,6 ming gektar sholi, 3,1 ming gektar g’alla ekinlari, 513 gektar sabzavot-poliz ekinlari, 182 gektar makkajo’xori bilan band. Gurlan tumanida 12 shirkat xo’jaligi, 535 dehqon-fermer xo’jaligi va boshqa xo’jaliklar bor (2002). Tuman jamoa va shaxsiy xo’jaliklarida 36,9 ming qoramol, 6,1 ming qo’y va echki, 104,7 ming parranda boqilmoqda (2002). 2001/2002 o’quv yilida 43 umumiy ta’lim maktabida 26,4 ming o’quvchi, 4 liseyda 837 o’quvchi ta’lim oldi. 40 jamoat va bolalar kutubxonasi, 15 madaniyat uyi, 495 o’rinli 4 kasalxona va dispanser, 13 ambulatoriya, 11 qishloq vrachlik punkti bo’lib, ularda 293 vrach, 1021 o’rta ma’lumotli tibbiy xodim ishlaydi. 1931 yildan «Gurlan hayoti» tuman gazeta chiqadi (adadi 2500 dan ziyod).