GAMBIYA
GAMBIYA — G’arbiy Afrikadagi daryo, Gvineya, Senegal va Gambiya hududida oqadi. Uzunligi 1200 kilometr, havzasining maydoni 180 ming kilometr kvadrat. Gvineya Respublikasidagi Futa-Jallon platosidan boshlanadi, paettekislikdan oqib, Atlantika okeaniga quyiladi. Quyilish yerida eni qariyb 20 kilometr. O’zani egri-bugri; Orol va ostonalar ko’p, o’rta oqimida sohili botqoqlashgan. Iyundan okt. oyigacha toshib turadi. Quyilish joyidan boshlab 350 kilometr masofada kema qatnaydi. O’rtacha suv sarfi 2000 metr kub/sekund. Daryo sohilida Banjul porti joylashgan.