GAVAYILIKLAR

GAVAYILIKLAR – xalq, Gavayi orollari (AQSh)ning tub aholisi. 170 ming kishi (1992). Gavayi tilida so’zlashadi. Dindorlari — protestantlar va katoliklar. Antropologik jihatdan Polineziya irqiga kiradi. Gavayiliklarning ajdodlari qadimgi davrlarda Janubiy- Sharqiy Osiyodagi Taiti orolidan ko’chib kelishgan. Gavayiliklar asosan dehqonchilik va baliqchilik bilan shug’ullanadilar.