GAZLAFON QATOR TEPALARI

GAZLAFON QATOR TEPALARI -Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi tizma. Sherobod-Sariqamish past tog’tizmalari tarkibiga kiradi. Sherobod shahridan 4 kilometr shimolda joylashgan. O’rtacha balandligi 500-600 metr, eng baland nuqtasi 669 metr. Gazlafon qator tepalari tik qoyalar, yon bag’ri tik jarliklar, o’nqir-cho’nqirliklar, shuningdek qator tepaliklardan iborat. Iqlimi quruq, yog’in miqdori kam (150— 200 millimetr). Tarkibida tuz bo’lgan jinslar tarqalgan. Galofit (sho’ra) o’simligi ko’p o’sadi. Asosan yaylov sifatida foydalaniladi. Tuproq eroziyasi, yaylov degressiyasi keng tarqalgan.