Geometrik uslub
Geometrik uslub (san’atda) — yunon san’ati taraqqiyotining ilk bosqichlari (mil. AV. 9-8-a.lar)dagi ba- diiy uslub. Ayniqsa vaza rassomligi, qisman mayda shakllar haykaltaroshligi, gliptika va amaliy bezak san’ati (idish- lar, qurollar va b.)da yuksak darajaga ko’tarilgan. Naqshlar (aylana, burma, xoch, uchburchak va b.) aniq va qatiy, US- lubning rivojlangan davrida (Dipili- on vazalari, mil. AV. 8-a.) odam qiyofasi sodda, sof geometrik shakllarda tasvir- langan. Zargarlik buyumlaridagi kichik bo’rtma tasvirlar va haykalchalar ham shu uslubda tayyorlangan.
O‘xshash so‘zlar
- Geometriya
- GEOMETRIK QATOR
- Geometrik o’rta
- Geometrik optika
- Geometrik akustika
- Geometrik yasashlar
- Geometrik izomeriya
- Geometrik progressiya










