GETEROXROMIYA
GETEROXROMIYA (getero… va Yunoncha chroma — rang, tus) — o’ng va chap ko’z yoy pardalarining yoki bir ko’z yoy pardasi turli qismlarining har xil rangli bo’lishi. Tug’ma yoki hayot davrida kelib chiqadi. Bo’yin simpatik nervining zararlanishi Geteroxromiyaga sabab bo’ladi. Deyarli hamisha Gorner sindromi qayd qilinadi (qorachiq torayadi, ko’z kisiqroq bo’ladi, ko’z soqqasi ichiga botadi).
O‘xshash so‘zlar
- Geteroxromiya radujki, ko’z rangdor pardasining har xil rangda bo’lishi nima degani
- Geteroxroniya
- Geterozigota
- Geterozigotalik
- Geterozis
- GETEROZIS URUG’LAR
- Getinaks
- Getlar











