GETMAN
GETMAN (polyakcha hetman, nemischa Hauptmann — boshliq so’zidan) — 1) Ukrainada 16-17-asr 1-yarmida kazaklar rahbari, 1648 yildan Ukraina hokimi va kazak qo’shinlari boshlig’i; bir qator dehqon-kazak ko’zg’olonlari rahbari; 2) Polshada 15-16-asrlarda yollanma qo’shinlar qo’mondoni, 16-18-asrlarda butun armiya (barcha qo’shinlar) qo’mondoni.