Gidradenit
Gidradenit (Yun. hidros — ter va aden — bez) — ter bezlarining (ko’pincha qo’ltiq osti) yiringli yallig’lanishi; stafilokokklar qo’zg’atadi – g.ga terining shikastlanishi, bichilishi, diabet va h.k. sabab bo’ladi. Kasallik teri ostida kichik tuguncha paydo bo’lishidan boshlanadi. Tuguncha usti qizarib, og’rib turadi, qo’l yoki oyoq qimirlatilganda og’riq zo’rayadi, t-ra ko’tarilishi mumkin. Ba’zan bir necha tuguncha bir-biriga qo’shilib, kat- tagina joyni egallaydi; bunda g. anchaga cho’ziladi. Bora-bora tuguncha yumshab yori- ladi va yiring chiqa boshlaydi. G. yori- lib bitgach, o’rnida chandiq qoladi. Goho kasallik qaytalanishi, bir bezdan ik- kinchisiga o’tishi ham mumkin. Bemorni faqat vrach davolaydi. Antibiotiklar, fizioterapiya, immunoterapiya buyuri- ladi, bular yordam bermasa, jarrohlik usuli qo’llaniladi. G.ning oddini olish uchun ozodalikka rioya qilish, qo’ltiq ostini bot-bot yuvib turish kerak.