GIDROKOMBINEZON
GIDROKOMBINEZON, g’avvoslik libosi — g’avvosni sovqotish va shi- kastlanishdan saqlaydigan kiyim-bosh. Suv o’tkazmaydigan («quruq») va suv o’tkazadigan («ho’l») g.lar bo’ladi. Suv o’tkazmaydigan g. rezinalangan gazlama- dan tikiladi. G. shlemi (bosh kiyimi), kuylagi, shimi, etigi va qo’lqoplari yax- lit yoki alohida-alohida qilib tayyor- lanishi mumkin. G. shlemiga g’avvoslik apparatidan keladigan nafas olish nay- chasi biriktiriladi. Suv o’tkazadigan g. g’ovak rezinadan tayyorlanadi; u g’avvos badaniga yopishib turadi. Unda shlem b-n ko’ylak birga, shim b-n paypoq birga ti- kiladi.
O‘xshash so‘zlar
- Gidrokon,gidravlik kon
- Gidrokortizon, kortizol
- Gidroksidlar
- Gidroksil guruh, gidroksil
- GIDROKSILAMIN
- Gidroliz
- Gidroliz sanoati
- Gidrologik axborot











