Gidrokon,gidravlik kon

Gidrokon,gidravlik kon — qazilma boyliklar (mas, ko’mir)ni qazish, tashish va er sirtiga chiqarish ishlari suv oqimi energiyasi hisobiga bajariladigan shaxta. G.da suv manbai shaxtaga okib keladigan er osti suvla- ri hisoblanadi. Ko’mir yuqori (5— 10 Mya/m2) bosimli suv oqimi ta’sirida uvalatiladi yoki oldin mexanik tarzda uvalatilib, keyin suv oqimida yuvib tushiriladi. Suvni konga markazdan qochma nasoslar quvurlar orqali haydab beradi. Zaboyda uvalatib tushirilgan ko’mir suv oqimi ta’sirida metall Nov- larda gidrokutargich kamerasiga boradi, undan yuqoriga chiqariladi va boyitish f-kasiga yuboriladi. Bu erda ko’mir ara- lashmalardan tozalanadi (boyitiladi), suvsizlantiriladi va quritiladi. G.da texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar «quruq» shaxtalardagidan yuqori bo’ladi (yana q. Gidromexanizasiya).