Gidromorf tuproq hosil bo`lish jarayoni
Gidromorf tuproq hosil bo`lish jarayoni – yog`inlardan tashqari qo`shimcha suv manbalari – oqar suvlar, grunt suvlari va botqoqlik suvlari ishtirokida tuproq hosil bo`lish jarayoni. Bu jarayonda qo`shimcha namlik (suv) miqdoriga qarab yo yarim gidromorf tuproqlar (o`tloqi qora tuproqlar, botqoqlangan podzol tuproqlar va b.) yoki tipik gidromorf tuproqlar (botqoqlik tuproqlari, sho`rxoklar va b.) hosil bo`ladi. Binobarin, gidromorf tuproqlar, odatda, quritishni talab etadi.