Gigroskopiklik

Gigroskopiklik (gigro… va Yun. skopeo — kuzataman) — material- larning havodagi namlikni yutish xos- sasi. Suvda xo’llanadigan (gidrofil) kapillyar-g’ovak tuzilishli materiallar (yog’och, don va b.); suvda yaxshi eriydigan moddalar (osh tuzi, shakar, ba’zi kimyo- viy birikmalar) va b. g’ovak materiallar G. xususiyatiga ega. G’ovak materialning namni yutish darajasi havoning namli- giga bog’liq bo’ladi. Mac, yog’och uchun eng yuqori gigroskopik namlik (Wrar)~30% (massa bo’yicha), don uchun — 3(5%. Har qaysi material uchun g. xossasini bi- lish juda muhim (uni tashish, saklash, quritish, namlashda asqotadi). Ba’zi gigroskopik materiallar (mas, kontsen- Tirlangan sulfat kislota)dan havoni quritish uchun foydalaniladi.