GIKSOSLAR

GIKSOSLAR —osiyolik ko’chmanchi qabilalar; miloddan avvalgi taxminan 1700 yil Misrni bosib olishgan. Deltaga o’rnashib olgan Giksoslar poytaxt shahar —Avarisga asos solganlar. Miloddan avvalgi 16-asr boshida Giksoslar hukmronligi misrliklar tomonidan tugatilgan.