Gippokrat
Gippokrat (Hippokrates) (mil. AV. 460, Kos oroli — 377, Fessaliya), Buqrot, Abuqrat — yunon vrachi, ilmiy tibbiyot asoschilaridan biri. G. Yunonistonda mashhur bo’lgan shifokor Gippokratlar sulolasining o’n sakkizinchi avlodi. U tibbiyotga oid ma’lumotni otasi Gera- klitlan olgan. G. asarlari G’arb va Sharq vrachlari qo’lida mo»tabar qullanma bo’lib keldi. G. ga 75 ga yaqin asar nis- BAT beriladi. «Majmuayi Buqrotiya» («Buqrot to’plami») nomi b-n mashhur bo’lgan bu asarlarning aksarisini g. va- fotidan keyin o’g’illari va shogirdlari yozgan. G. asarlarini va ularga Galen ber- gan sharhlarni Hunayn ibn Ishoq (809- 877) suryoniy va Arab tillariga tarjima qilgan. Ular O’rta va yaqin Sharq mamla- katlarida keng tarqalgan. G.ning «kitob al-Fusul» («Aforizmlar») kitobi juda mashhur. Unga ko’p olimlar Sharq berish- gan, shu sharhlardan biri O’zbekistan FA Sharqshunoslik in-tida 3139-raqami b-n saqlanmoqda. G. tibbiyotni kohinlar ta’siridan qutqardi va uning mustaqil rivojlanish yo’llarini ta’rifladi, vrach kasallikni emas, balki bemor- ni davolashi kerak, deb ta’lim berdi. Tashqi muhit omillari (iqlim, tuproq, suv, kishilarning hayot yo’sini, mamlakat qonunlari va b.)ni odamga, unda jismo- niy va ruhiy xususiyatlarning shaklla- nishiga ta’siri jihatdan ajratdi. G. tibbiyot geografiyasiga asos soldi. Ka- sallik etiologiyasi (kasallik sababi) va uni aniqlash (diagnostika) masalalari- ni, davolash tizimini ishlab chiqdi. Shi- fokor xulq-atvorining qisqacha ta’rifi bo’lgan qasamyod («Gippokrat qasamyodi») matnini ham g. yozgan deyishadi. G.ni «tibbiyotning otasi», deb ataydilar.