Girsutizm

Girsutizm (lot. hirsutus — jun- li) — ayollarda soqol-mo’ylov o’sishi, badanini erkaklarnikiga o’xshab jun bosishi. Asosan androgenlarning qonga ko’p chiqarilishi yoki unga nisbatan to’qimalarning o’ta sezgirligi natija- sida vujudga keladi. Buyrak usti bez- larining pust qavati, gipofizniyag ol- dingi bo’lagi zararlanganda, tuxumdon o’smasida, klimaks b-n bog’liq buzilish- larda, shuningdek, bosh miyaning ayrim yallig’lanishlari, teri kasalliklari va h. k.da kuzatiladi. Somom ayollarda (ular- ning gavda tuzilishlariga bog’liq holda), ba’zi qizlarda (balog’atga etish davri- da) ham uchraydi. G. ba’zan irsiy bo’lib, bir oilaning qiz-ayollarida kuzatiladi. G.ning tovush, skelet va muskullarning xuddi erkaklarnikiga o’xshab ketishi b-n birga kechishi virshizmga xos. Davo aso- san kasallikka sabab bo’lgan omilni bar- taraf etishdan iborat.